JIDUda Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida “Xalqaro investitsion kelishuvlar va investitsion bitimlar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

JIDUda Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida “Xalqaro investitsion kelishuvlar va investitsion bitimlar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida “Xalqaro investitsion kelishuvlar va investitsion bitimlar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    JIDUda Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida “Xalqaro investitsion kelishuvlar va investitsion bitimlar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 3-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 1-bosqich magistrantlari uchun “Xalqaro biznes huquqi” hamda “Xalqaro tijorat arbitraji va nizolarni hal etish” yo‘nalishlari doirasida “Xalqaro tijorat bitimlari” fanidan “Xalqaro investitsion kelishuvlar va investitsion bitimlar” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    Mahorat darsini o‘tkazish uchun xalqaro investitsion arbitraj va xalqaro investitsion kelishuvlar bo‘yicha mutaxassis – Stenford universiteti Huquq maktabi magistranti, Stenford Huquq maktabining Advanced Degree dasturi talabalari Prezidenti, Stenford xalqaro arbitraj assotsiatsiyasining hammuallifi Aytnijazova Xurliman taklif etildi.

    Dars davomida Aytnijazova Xurliman xalqaro investitsion huquqning asosiy tamoyillari, xalqaro investitsion kelishuvlar, xalqaro investitsion arbitraj, model xalqaro investitsion kelishuvlarning kabi dolzarb masalalarni batafsil ochib berdi, shuningdek, tuzilgan investitsion shartnomalar asosida yuzaga keladigan xalqaro investitsion nizolarda ishtirok etish bo‘yicha amaliy tajribasi bilan bo‘lishdi.

    O‘z navbatida, JIDUning “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi professori Imamova Dilfuza asosiy Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) hamda ularning muhokama etilayotgan mavzu bilan o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha masalalarni ochib berdi.

    Magistrantlar mazkur mavzuga katta qiziqish bildirdilar, faol munozara olib bordilar, xalqaro investitsion kelishuvlar bo‘yicha dissertatsion tadqiqotlariga oid savollarni berdi va mazmunli hamda asosli javoblar oldilar.

    Mazkur mahorat darsi BRM 16 “Barcha darajalarda tinchliksevar va inklyuziv jamiyatlar qurilishini rag‘batlantirish, adolatga teng huquqli kirishni ta’minlash va samarali, hisobdor hamda inklyuziv institutlarni yaratish” maqsadining 16.3-bandiga, ya’ni “Huquq ustuvorligini ta’minlash va adolatga teng huquqli kirishni ta’minlash”ga hamda BRM 17 “Barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik” maqsadining 17.6-bandiga, ya’ni “Fan, texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish, ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish”ga muvofiq keladi. Bu esa xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, bilim almashinuvi xalqaro investitsion huquq va xalqaro tijorat bitimlari sohasida ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

    Ushbu mahorat darsi akademik muloqotni rivojlantirish, ilmiy aloqalarni mustahkamlash va xalqaro investitsion kelishuvlar bo‘yicha ta’lim jarayonini takomillashtirishga muhim hissa bo‘ldi.