JIDUda mahallalar ishtirokida ochiq shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda

    Joriy yilning 3–7 yanvar kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida poytaxtning turli mahallalaridan kelgan intellektual o‘yin ishqibozlarini birlashtirgan ochiq shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa COUNTERGAMBIT klubi va universitet sport klubi hamkorligida tashkil etildi.

    Bellashuvlarda JIDUga biriktirilgan mahallalar aholisi hamda Toshkent shahrining turli hududlaridan shaxmatchilar qatnashmoqda. Musobaqaning asosiy maqsadi barcha yoshdagi aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va aqliy sport turlarini ommalashtirish, shuningdek turli hudud va avlod vakillari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashdir. 

    Ushbu tashabbus sport va intellektual faollik orqali hamjamiyat salomatligi, ijtimoiy birlashuv hamda mahalla–universitet hamkorligini qo'llab-quvvatlashga xizmat qilib, barqaror rivojlanish kun tartibidagi ustuvor yo‘nalishlar bilan uyg‘un hisoblanadi.