Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Birlashgan Millatlar Tashkiloti modeli – UWED MUN taqdimoti bo‘lib o‘tdi

    2026-yil 26-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Kino zalida (B blok) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli – UWED MUNning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Ingliz tilida o‘tkazilgan tadbirda universitet talabalari hamda xalqaro munosabatlar va diplomatiyaga qiziqqan yoshlar ishtirok etdi.

    Ma’lumot uchun: UWED MUN 2005-yildan buyon o‘z faoliyatini olib bormoqda. Joriy yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi konferensiyada 280 nafar delegatning sakkizta qo‘mita – BMT Xavfsizlik Kengashi, Bosh Assambleya, YuNESKO, Inson huquqlari bo‘yicha kengash, Jahon savdo tashkiloti, Xalqaro sud, BMTning Atrof-muhit dasturi (YuNEP) hamda Iqtisodiy va ijtimoiy kengash (EKOSOS) ishida qatnashishi rejalashtirilgan.

    Tadbirni UWED MUN Bosh kotibi Jamshid Xakimov olib bordi. Taqdimot davomida ishtirokchilarga BMT modeli nima ekanligi, konferensiyaning shakli va qo‘mitalari, shuningdek, delegat bo‘lish qanday mas’uliyat va imkoniyatlarni anglatishi haqida batafsil so‘zlab berildi.

    UWED MUN haqidagi qisqa videorolik namoyishidan so‘ng tadbirning asosiy qismi – ko‘ngilochar MUN Quiz viktorinasi boshlandi. Ikki soat davom etgan bellashuvda ishtirokchilar jamoalarga bo‘linib, o‘z zukkoliklari va dunyoqarashlarini sinab ko‘rdilar.

    Tadbir yakunida viktorinada g‘olib chiqqan jamoa sertifikatlar va sovg‘alar bilan taqdirlandi. Tashkilotchilar yakuniy so‘z bilan chiqib, ishtirokchilarni dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan UWED MUN konferensiyasida delegat sifatida qatnashishga taklif qildilar. Tadbir umumiy surat bilan yakunlandi.