
JIDU professor-o‘qituvchilari maktab o‘quvchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qoidalarini tushuntirish maqsadida uchrashuv o‘tkazdilar
JIDU professor-o‘qituvchilari maktab o‘quvchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qoidalarini tushuntirish maqsadida uchrashuv o‘tkazdilar

2025 yil 4-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti tomonidan ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar doirasida 71-sonli umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qoidalarini tushuntirishga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida fakultet professor-o‘qituvchilari o‘quvchilarga davlat tuzumining asosiy tamoyillari, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlari, shuningdek, har bir fuqaroning jamiyat va davlat oldidagi burchlari haqida sodda va interfaol shaklda ma’lumot berdilar. Konstitutsiyaning mamlakatning huquqiy va demokratik rivojlanishini belgilab beruvchi bosh qonun sifatidagi o‘rniga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday tadbirlar yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolik mas’uliyatini shakllantirish va konstitutsiyaviy qadriyatlarga hurmatni mustahkamlashga xizmat qiladi. Xalqaro huquq fakulteti kelgusida ham shunday uchrashuvlarni davom ettirib, maktablar qamrovini kengaytirish hamda ta’lim dasturlarining mazmunini yanada boyitishni rejalashtirmoqda.




