
JIDU talabasi IV OIC Youth Scientific Congress xalqaro kongressida ishtirok etdi
JIDU talabasi IV OIC Youth Scientific Congress xalqaro kongressida ishtirok etdi

2026-yil 30-sentabr – 3-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida Qozon Federal universiteti hamda Islom Hamkorlik Tashkiloti (OIC) hamkorligida IV OIC Youth Scientific Congress xalqaro ilmiy kongressi bo‘lib o‘tdi.
Kongress yosh tadqiqotchilarni sun’iy intellekt va raqamli yechimlar, zamonaviy xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq, arxitektura hamda ekologik barqarorlik kabi dolzarb yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlarini taqdim etish, tajriba almashish va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida birlashtirdi.
Mazkur nufuzli kongressda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakulteti 4-bosqich talabasi Nursulton Uktamov faol ishtirok etdi. U “Zamonaviy xalqaro munosabatlar va xalqaro huquq” yo‘nalishi doirasida o‘z ilmiy abstraktini muvaffaqiyatli taqdim etdi hamda kongress ishtirokchisi sifatida sertifikat bilan taqdirlandi.
Ushbu ishtirok JIDU talabalarining xalqaro ilmiy maydondagi faolligi va raqobatbardoshligini yana bir bor namoyon etib, yoshlarning ilmiy salohiyati hamda zamonaviy global masalalarga bo‘lgan qiziqishini aks ettirdi.



