
JIDUda “Yangi O‘zbekiston diplomatiyasi tarixi (2017-2025)” monografiyasining mualliflar jamoasi ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Yangi O‘zbekiston diplomatiyasi tarixi (2017-2025)” monografiyasining mualliflar jamoasi ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 21-avgust kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev rahbarligida “Yangi O‘zbekiston diplomatiyasi tarixi (2017-2025)” monografiyasi mualliflari jamoasining birinchi ishchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasining MDH Iqtisodiy komissiyasidagi vakili, Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI), JIDU qoshidagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) xodimlari, shuningdek, ilmiy-diplomatik hamjamiyat vakillari, xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassislar va universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida kelgusidagi nashrning tuzilishi, mavzu bloklari va hammualliflar o‘rtasida boblarni taqsimlash masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar loyiha materiallarini tayyorlash muddatlari, tahrirlash shakli, manbalarni tanlash mezonlari va uslubiy yondashuvlarni kelishib oldilar. Yig‘ilish yakunida kelgusidagi ishlar rejasi tasdiqlandi va monografiyaning alohida bo‘limlarini muvofiqlashtirish uchun mas’ullar belgilandi.