JIDU TALABALARI RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI “KRIPTOLOGIYA” FAN OLIMPIADASIDA MUVAFFAQIYATLI ISHTIROK ETISHDI

JIDU TALABALARI RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI “KRIPTOLOGIYA” FAN OLIMPIADASIDA MUVAFFAQIYATLI ISHTIROK ETISHDI

    JIDU TALABALARI RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI “KRIPTOLOGIYA” FAN OLIMPIADASIDA MUVAFFAQIYATLI ISHTIROK ETISHDI

    JIDU TALABALARI RESPUBLIKA MIQYOSIDAGI “KRIPTOLOGIYA” FAN OLIMPIADASIDA MUVAFFAQIYATLI ISHTIROK ETISHDI

    Joriy yilning 14-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan o‘tkazilgan Respublika miqyosidagi nufuzli “Kriptologiya” fan olimpiadasida JIDU talabalari faol ishtirok etib, yuqori tayyorgarlik va raqobatbardoshlikni namoyish etdilar.

    Mazkur olimpiadalarda JIDU talabalari kriptografiya va kiberxavfsizlik sohasi bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan, “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasi dotsenti I.Yarashov rahbarligida qatnashdilar. U talabalarni chuqur va tizimli tarzda tayyorlash maqsadida maxsus o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etdi hamda ushbu jarayonda murakkab kriptotahlil masalalarini yechishda qo‘llaniladigan strategik yondashuvlarni amaliy misollar orqali batafsil tushuntirib berdi. Mashg‘ulotlar davomida u nafaqat algoritmik fikrlashni shakllantirishga e’tibor qaratdi, balki har bir masalani bosqichma-bosqich tahlil qilish, optimal yechim tanlash va hisoblash jarayonida xatoliklarni minimallashtirish bo‘yicha muhim metodik ko‘rsatmalarni ham yetkazdi. Shuningdek, olimpiada oldidan talabalarini masalalarga to‘g‘ri yondashishning samarali usullari, e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan asosiy kriptografik elementlar va ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish bo‘yicha mustahkam ko‘nikmalar bilan qurollantirdi. Bularning barchasi yakunda talabalar muvaffaqiyatiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi.

    Olimpiada jarayonida JIDU talabalari o‘zlarining puxta nazariy tayyorgarligi va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etishdi. Ular zamonaviy kriptografik algoritmlar, axborot xavfsizligi protokollari hamda murakkab shifrlash masalalarini samarali hal qilish orqali yuqori natijalarga erishdilar. Mazkur musobaqa talabalar o‘rtasida innovatsion va analitik fikrlashni yanada kuchaytirib, ularni mantiqiy tahlil, muammoli vaziyatlarni modellash va amaliy masalalarni yechish borasida yangi bosqichga olib chiqdi. Natijada, olimpiada nafaqat o‘quv jarayonining samaradorligini oshirdi, balki talabalar uchun amaliy bilim va ilmiy izlanishlar yo‘lida muhim tajriba maydoniga aylandi.

    Ta’kidlash joizki, respublika bo‘ylab 27 ta oliy ta’lim muassasasidan 70 nafardan ortiq talabalar ishtirok etgan ushbu nufuzli ilmiy musobaqa, talabalarning ilmiy va amaliy bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatini yaratdi.