Teatr – ibratxonadir!

Teatr – ibratxonadir!

    Teatr – ibratxonadir!

    Teatr – ibratxonadir!

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Shu jumladan, 2025-yil 15-iyun kuni talabalarning O‘zbekiston davlat drama teatriga tashrifi uyushtirildi.

    Tashrif chog‘ida talabalar yozuvchi Go‘zaloy Matyoqubova asari asosida rejissyor Baxtiyor Mirmaxsudov tomonidan sahnalashtirilgan “Hukm” spektaklini tomosha qildilar. Spektaklda jamiyatning dolzarb muammolari, adolat va haqiqat uchun kurash, shuningdek, halollik va insoniylik kabi muhim qadriyatlar yuksak badiiy mahorat bilan aks ettirilgan.

    Ushbu spektakl yoshlarni ijtimoiy hayotni teranroq anglashga undadi hamda adolatparvarlik, vatanparvarlik va halollik kabi fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.