JIDU professori BMTning ayollarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashga bagʻishlangan VI Xalqaro ilmiy anjumanida ishtirok etdi

    Joriy yilning 21-noyabr kuniToshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida BMT Bosh Assambleyasi bilan hamkorlikda “Ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka murosasiz muhitni yaratish” mavzusidagi VI Xalqaro ilmiy anjumani boʻlib oʻtdi.

    Mazkur anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,  Oliy Majlis Senati vakillari, Respublika Prokurori oʻrinbosari, Respublika Oila va Xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi «Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti» direktori oʻrinbosari hamda Oliy Talim muassalari professor-oqituvchilari, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, siyosiy fanlar doktori E.S. Sultonovaning oʻz ilmiy maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

    Konferensiyada Qozogʻiston, Turkiya va Indoneziyadan kelgan olimlar ham soʻzga chiqdilar, bu esa keng xalqaro tajriba almashinuvini taʼminladi. Barcha ishtirokchilar bir ovozdan faqatgina birgalikdagi saʼy-harakatlar va preventiv choralarni joriy etish orqali zoʻravonlikka nisbatan mutlaq murosasizlikka erishish mumkinligini taʼkidladilar.