JIDUda “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda kambag‘allikka qarshi kurashishning ahamiyati” mavzusida master-klass bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 29-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi guruh rahbari, Top-30 talikka mansub Tokio universiteti bitiruvchisi, Jahon banki va GIZ, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) loyihalari ijrochi eksperti Xamidov Baxtishod Baxadirovich ishtirokida master-klass tashkil etildi. Tadbirda “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2-bosqich talabalari faol qatnashdilar.

    Tadbir “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda kambag‘allikka qarshi kurashishning ahamiyati” mavzusiga bag‘ishlandi. Ma’ruzachi sifatida so‘zga chiqqan Xamidov Baxtishod Baxadirovich “kambag‘allik” tushunchasining mazmun-mohiyati, uning iqtisodiy va ijtimoiy o‘lchovlari, hamda jamiyatlar taraqqiyotidagi o‘rni haqida ilmiy asoslangan fikr va tahlillarni taqdim etdi.

    Xalqaro ekspert o‘z chiqishida nisbiy kambag‘allik, daromad va iste’mol ko‘rsatkichlari asosida kambag‘allikni o‘lchashning barqaror rivojlanish darajasini aniqlashdagi ahamiyatini ta’kidladi. Shuningdek, Global Janub va Global Shimol davlatlari tajribalarining konseptual va amaliy jihatlari qiyosiy tahlil qilindi.

    Ma’ruza davomida AQSh va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ijtimoiy siyosat sohasida olib borilayotgan islohotlar kambag‘allikni qisqartirishning samarali mexanizmlari sifatida tahlil etildi.

    Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mazmunli va ilmiy asoslangan javoblar oldilar. Master-klass yosh mutaxassislar uchun barqaror rivojlanish, ijtimoiy adolat va iqtisodiy tenglik masalalariga oid nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish imkonini yaratdi.