
JIDU talabasi Haruki Ikeda “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi
JIDU talabasi Haruki Ikeda “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

“O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovida JIDUda akademik almashinuv dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan Yaponiyaning Hitotsubashi universiteti talabasi Haruki Ikeda faol ishtirok etdi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarori 7-bandi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 9-apreldagi 132-son buyrug‘i asosida tashkil etildi. Vazirlikning 2026-yil 9-oktabrdagi 05/61-8923-son xatiga muvofiq, Haruki Ikeda tanlovning respublika bosqichida JIDU nomidan qatnashdi.
Xorijlik talabalarning o‘zbek tiliga qiziqishini oshirish va o‘zbek madaniyatiga hurmatini mustahkamlashga qaratilgan tanlovning 1-bosqichida Haruki Ikeda 15 nafar finalchi safidan joy oldi. 15–16-oktabr kunlari o‘tkazilgan finalda ishtirokchilar tanishtiruv videoroliklari, o‘zbek tilida esse yozish va badiiy chiqish shartlari bo‘yicha bellashdilar.
Tanlov yakunida Haruki Ikeda faol ishtiroki uchun faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu tanlov xorijlik yoshlarning o‘zbek adabiyoti va madaniyatini chuqurroq anglashiga hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga xizmat qildi. Haruki Ikedaning ishtiroki JIDUdagi xalqaro akademik almashinuvning til va madaniyatlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatlarini ham namoyon etdi.




