
JIDUda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yozuvchilar hamda talaba-yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yozuvchilar hamda talaba-yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yozuvchilar hamda talaba-yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari Alisher Mirzo, Qutlibeka Rahimboyeva va Nurilla Choriyevlar hamda JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida adiblar zamonaviy dunyoda ijodkorlikning ahamiyati, ijodiy yo‘llari, qiyinchiliklari va ularni ilhomlantiradigan narsalar haqida suhbatlashdilar.
Talabalar adabiy asarlar yozish jarayoni va ijodiy ko‘nikmalardan turli sohalarda, shu jumladan, diplomatiyada qanday foydalanish mumkinligi haqida ko‘proq ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bundan tashqari, uchrashuvda xalqaro hamkorlikning ahamiyati, diplomatik munosabatlarni shakllantirishda madaniyatning o‘rni va adabiyotning xalqlar o‘rtasidagi aloqa vositasi sifatida ahamiyati kabi mavzular muhokama qilindi.
Tadbir so‘ngida yozuvchilar talabalarning ko‘plab savollariga javob berishdi.



