JIDUda OIV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha trenerlar tayyorlash kursi tashkil etildi

JIDUda OIV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha trenerlar tayyorlash kursi tashkil etildi

    JIDUda OIV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha trenerlar tayyorlash kursi tashkil etildi

    JIDUda OIV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha trenerlar tayyorlash kursi tashkil etildi

    Joriy yilning 27-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) yoshlar o‘rtasida OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish, talabalarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda profilaktik targ‘ibot ishlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida trenerlar tayyorlash kursi o‘tkazildi.

    Tadbir davomida Toshkent shahar OIV/OITSga qarshi kurashish markazi mutaxassislari tomonidan “OIV infeksiyasining oldini olish bo‘yicha trenerlikka tayyorlash” dasturi asosida ma’ruzalar qilindi. Mutaxassislar ishtirokchilarga OIV infeksiyasining yuqish yo‘llari, kasallikning oldini olish choralari, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda yoshlar orasida profilaktik tushuntirish ishlarini olib borishning samarali usullari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

    Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida interaktiv muloqotlar, amaliy topshiriqlar va savol-javoblar tashkil etilib, ishtirokchilarning mavzu yuzasidan bilimlari yanada mustahkamlandi. Trenerlik faoliyatining asosiy tamoyillari, auditoriya bilan ishlash ko‘nikmalari hamda tengdoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    Kurs yakunida tinglovchilar OIV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini mustaqil tashkil etish va yoshlar orasida tushuntirish ishlarini olib borish uchun zarur bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

    Mazkur tadbir yoshlarning tibbiy savodxonligini oshirish, ularning salomatligini muhofaza qilish hamda OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.