
ICFAI Universiteti (Hindiston) tomonidan JIDU talabalari uchun onlayn ma’ruza tashkil etildi
ICFAI Universiteti (Hindiston) tomonidan JIDU talabalari uchun onlayn ma’ruza tashkil etildi

2025-yilning 22-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ICFAI Universiteti (Hindiston) tomonidan “Xalqaro huquq tamoyillari: global adolatning huquqiy asoslari” mavzusida onlayn ma’ruza tashkil etildi. Mazkur ma’ruzada JIDU dotsenti, Dr. Surayyo Usmanova ishtirok etdi.
Ma’ruza davomida xalqaro huquqning asosiy tamoyillari, global adolatni ta’minlashda huquqning tutgan o‘rni, xalqaro nizolarni tartibga solishning huquqiy mexanizmlari, shuningdek, davlatlarning xalqaro majburiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ma’ruzachi tomonidan bugungi kunda xalqaro huquq sohasida kuzatilayotgan dolzarb muammolar, global miqyosdagi nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish usullari, xalqaro tashkilotlarning vazifalari va ularning adolatni ta’minlashdagi roli yuzasidan talabalar bilan faol muloqot olib borildi.
Tadbir universitetning Inson huquqlari klubi tomonidan tashkil etilib, ma’ruza talabalarning xalqaro huquq sohasidagi bilim va tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qildi.




