JIDU va TOPADVISOR o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

JIDU va TOPADVISOR o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

    JIDU va TOPADVISOR o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

    JIDU va TOPADVISOR o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) hamda yuridik va biznes konsalting sohasiga ixtisoslashgan TOPADVISOR kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    TOPADVISOR mehnat huquqi, intellektual mulkni boshqarish, biznesni huquqiy qo‘llab-quvvatlash hamda biznes jarayonlarini takomillashtirish yo‘nalishlarida konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.

    Hamkorlik doirasida Xalqaro huquq fakultetining iqtidorli talabalari uchun pullik amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish, o‘quv mashg‘ulotlari va mahorat darslarini tashkil etish, shuningdek, ularning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

    Mazkur hamkorlik talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy tajribasini oshirish hamda kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.