Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xorijiy ta’lim istiqbollari muhokama qilindi

    2026-yil 20-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 3-kurs talabalari uchun kurs koordinatorlik soatida maxsus uchrashuv tashkil etildi.

    Mazkur tadbir davomida xorijda ta’lim olish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv spikerlari Matthew Heneghan va Firdavs Kobilov talabalarni xalqaro universitetlarga hujjat topshirish jarayoni bilan tanishtirdilar. Jumladan, magistratura dasturini to‘g‘ri tanlash, tadqiqot rejasini yozish, zarur hujjatlarni tayyorlash hamda topshirish tartibi haqida tushuntirish berildi.

    Shuningdek, stipendiya imkoniyatlari, Buyuk Britaniya va Yevropa mamlakatlarida talabalik hayoti hamda ta’limning kelajakdagi samaradorligi  haqida ham atroflicha ma’lumot taqdim etildi.

    Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Uchrashuv mazmunli, foydali va amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.