
JIDUda “Amir Temur – buyuk sarkarda” mavzusiga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Amir Temur – buyuk sarkarda” mavzusiga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

2025-yilning 14-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida “Amir Temur – buyuk sarkarda” mavzusiga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsini Jamoat xavfsizligi universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professori, tarixshunos olim Jumaboy Raximov olib bordi.
Uchrashuvda ma’ruzachi adolat va ulug‘vorlik timsoli, vatanimiz tarixidagi ikkinchi Uyg‘onish davri bunyodkori Amir Temurning shaxsi, uning hayot yo‘li, markazlashgan davlatchilik asoslari hamda unda o‘rnatilgan tuzuklarni bugungi kundagi ahamiyatining muhim jihatlari yoritib berdi.
Mahorat darsi yakunida bo‘lajak huquqshunoslarga ularning mutaxassis sifatida shakllanishida o‘z kasbining eng nozik bo‘lgan qirralari Temur saltanatida davlat xizmatchilariga qo‘yilgan talablar misolida tushuntirib o‘tildi.
| Sana: | 14.11.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 34 |
| Ulashish: |



