JIDU vakili xotin-qizlar biznes forumida ishtirok etdi

JIDU vakili xotin-qizlar biznes forumida ishtirok etdi

    JIDU vakili xotin-qizlar biznes forumida ishtirok etdi

    JIDU vakili xotin-qizlar biznes forumida ishtirok etdi

    Joriy yilning 6-oktabr kuni Toshkent shahar Xotin-qizlarni qo‘llab-quvatlash markazida Oʻzbekiston, Turkmaniston va Tojikiston vakillari ishtirokida xotin-qizlar biznes forumi boʻlib oʻtdi. 

    Ushbu forumda Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi Toshkent shahar boʻlinmasi boshligʻi X. Quchqarova, Toshkent shahar xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash markazi boshligʻi S. Djurayeva, Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti oʻquv ishlari boʻyicha rektor N. Abdullayeva, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, siyosiy fanlar doktori E. Sultonova, shuningdek, Turkmaniston va Tojikistondan tashrif buyurgan delegatsiya aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

    Forumda kelgusida hamjihatlikni yoʻlga qoʻyish, xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va zamonaviy biznesni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, kelgusida savdo koʻrgazmalarini tashkil etish toʻgʻrisida kelishuv memorandumi imzolandi.