ACQUIN ekspertlari JIDU faoliyatini yuqori baholadi

ACQUIN ekspertlari JIDU faoliyatini yuqori baholadi

    ACQUIN ekspertlari JIDU faoliyatini yuqori baholadi

    ACQUIN ekspertlari JIDU faoliyatini yuqori baholadi

    2026-yil 31-iyul kuni ACQUIN xalqaro ekspertlar guruhining Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrifining uchinchi kuni yakunlandi.

    Kun davomida ekspertlar universitet rahbariyati, ta’lim sifatini ta’minlash bo‘linmalari, ma’muriy va servis xizmatlari vakillari, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va ta’lim dasturlari koordinatorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda ta’lim sifatini ichki nazorat qilish, ta’lim dasturlarini boshqarish, raqamli transformatsiya, talabalarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlik, kadrlar siyosati hamda universitet infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    Tashrif yakunida ekspertlar guruhi o‘zining dastlabki xulosalarini taqdim etgan yakuniy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ekspertlar JIDUning tizimli ish yuritishini, universitet jamoasining mahoratini, muloqot va doimiy takomillashuv uchun ochiqligini, shuningdek, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va institutsional rivojlanish sohalarida erishilgan yutuqlarni ijobiy baholadi.

    Madaniy dastur doirasida 1-avgust kuni ekspertlar guruhi a’zolari uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi. Mehmonlar shaharning boy tarixiy-madaniy merosi bilan tanishib, uning asosiy diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi. Ekspertlar sayohatdan olgan ijobiy taassurotlari bilan bo‘lishar ekan, dasturning yuksak saviyada tashkil etilganini, mehmondo‘stlikni va Samarqandning o‘ziga xos muhitini alohida ta’kidladi.

    Universitet xalqaro akkreditatsiya tashrifining muvaffaqiyatli o‘tishiga qo‘shgan hissasi va faol ishtiroki uchun ACQUIN ekspertlariga, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, xodimlari, talabalari va bitiruvchilariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.