JIDU professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari xavfsizligi hamda sun’iy intellekt” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

    Joriy yilning 10-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida 134-umumta’lim maktabida “Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlari xavfsizligi hamda sun’iy intellekt” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

    Seminar-treningdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘qituvchilarni axborot texnologiyalari xavfsizligi masalalari, sun’iy intellektning ta’lim tizimidagi roli va uning xavfsizlikka ta’siri bo‘yicha zarur bilimlar bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

    Tadbirda “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasi professori A. Sattorov, katta o‘qituvchilar A. Bo‘riyeva va I. Yarashov, shuningdek maktab ma’muriyati hamda 52 nafar pedagog xodim ishtirok etdi.

    Ma’ruzalarda axborot xavfsizligining global ahamiyati, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish vositalari, internet xavfsizligi bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar, shuningdek sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’limdagi imkoniyatlari va muammolari muhokama qilindi. O‘qituvchilarga raqamli vositalardan samarali foydalanish, o‘quvchilarning axborot xavfsizligini ta’minlash hamda zararli onlayn ta’sirlarning oldini olish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

    Seminar davomida o‘quvchilarning internetdagi xatti-harakatlari va ularga pedagogik nazorat, bilimni to‘g‘ri baholash hamda rivojlantirishning yangi usullarini qo‘llash kabi masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Ushbu tashabbus ta’lim jarayonida raqamli savodxonlik va xavfsiz muhitni mustahkamlashga xizmat qilib, barqaror rivojlanish kun tartibidagi (ЦУР/SDG) inson kapitali va institutsional barqarorlikka doir yo‘nalishlar bilan hamohangdir.