
JIDUda “Zakovat” intellektual o‘yini universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Zakovat” intellektual o‘yini universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 8-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yurtimizdagi intellektual salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘yinda ishtirok etgan jami 113 nafar jamoadan eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan jamoalar faxrli o‘rinlarni egalladi va ular diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimi tantanali va qiziqarli tarzda tashkil etildi, unda mexmonlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
“Zakovat” o‘yini nafaqat talabalar bilimini oshirishga, balki ularni analitik tafakkur, tezkor fikrlash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, o‘yin yoshlarni mantiqiy fikrlashga, strategik qarorlar qabul qilishga va axborot bilan ishlash malakalarini mustahkamlashga undaydi. Universitet bosqichida erishilgan yutuqlar, talabalar uchun keying bosqichlarda muvaffaqiyatli qatnashish va intellektual salohiyatni yanada oshirish imkonini beradi.
Tadbirda ishtirok etgan JIDU ma’muryati, mehmonlar va professor-o‘qituvchilar ushbu musobaqaning ilmiy va tarbiyaviy ahamiyatini alohida ta’kidlashdi va kelgusida ham intellektual o‘yinlarni kengaytirish va yoshlarning bilim salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berishdi.
“Zakovat” intellektual o‘yini nafaqat talabalarda bilimga qiziqishni oshiradi, balki jamiyatda sog’lom raqobat va ijodiy fikrlash muhitini shakillantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.




