
JIDU 1-bosqich talabalari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar
JIDU 1-bosqich talabalari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar

21-22 aprel kunlari “Falsafa” fani doirasida Xalqaro munosabatlar fakulteti 1-kurs talabalari Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif “Sharq Uyg‘onish davri falsafasi” mavzusiga bag‘ishlandi hamda mintaqaning ilmiy va madaniy merosini shakllantirishda buyuk mutafakkirlarning o‘rni o‘rganildi. Talabalar Markaz ekspozitsiyalari bilan tanishib, islom sivilizatsiyasining rivojlanishi hamda Sharq olimlarining jahon ilm-fani va falsafasiga qo‘shgan hissasi haqida keng ma’lumot oldilar.
Alohida e’tibor Abu Nasr al-Farobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy va Umar Xayyom kabi mutafakkirlarning ilmiy merosiga qaratildi. Ularning g‘oyalari falsafa, mantiq, tibbiyot, matematika va astronomiya sohalarini qamrab olib, jahon sivilizatsiyasi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Tashrif davomida talabalar Sharq Uyg‘onish davrining zamonaviy ilmiy va madaniy taraqqiyotdagi ahamiyatini muhokama qilib, Sharq mutafakkirlarining gumanistik va ratsional g‘oyalarining dolzarbligini ta’kidladilar.
Markazga tashrif falsafa fanini o‘rganish jarayonining muhim qismi bo‘lib, talabalarning bilimini chuqurlashtirish hamda tarixiy-madaniy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qildi.




