
JIDU bitiruvchilar bilan “Dunyoning TOP-300 universitetiga kirish va Xalqaro Valyuta Fondida ishlash imkoniyatlari” mavzusida onlayn ma’ruza o‘tkazildi
JIDU bitiruvchilar bilan “Dunyoning TOP-300 universitetiga kirish va Xalqaro Valyuta Fondida ishlash imkoniyatlari” mavzusida onlayn ma’ruza o‘tkazildi

Joriy yilning 10 noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Siyosatshunoslik” fakulteti o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar uchun JIDU bitiruvchilari ishtirokida onlayn ma’ruza tashkil etildi. Yig‘ilish onlayn shaklda Zoom platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda AQSHning Tufts Universitini 100% grant asosida tamomlab, hozirda Xalqaro Valyuta Fondida faoliyat yuritayotgan, JIDU bitiruvchilari Islom Uralov, hamda siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning TOP-12 reytingiga kirgan University of Denverni 100% grant bilan bitirgan Kamola Bekniyozovalar ishtirok etdilar.
Ma’ruza “Dunyoning TOP-300 universitetiga kirish va Xalqaro Valyuta Fondida ishlash imkoniyatlari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda xorijiy nufuzli universitetlarda 100% grant asosida ta’lim olish imkoniyatlari, xalqaro tashkilotlarda faoliyat yuritish tajribalari hamda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqida so‘z yuritildi.
Tadbir davomida talabalar bitiruvchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. Ular esa o‘z navbatida xalqaro grant dasturlariga ariza topshirish jarayonlari, ingliz tilini mukammal o‘rganishning ahamiyati va global miqyosdagi raqobatbardoshlik ko‘nikmalari haqida foydali tavsiyalar berdilar.
Mazkur uchrashuv JIDU talabalari uchun xalqaro miqyosdagi ta’lim va ish imkoniyatlarini yanada kengroq o‘rganish hamda o‘z oldilariga katta maqsadlar qo‘yishda muhim turtki bo‘ldi.
| Sana: | 10.11.2025 |
| Ko'rganlar soni: | 59 |
| Ulashish: |



