
JIDUda “Bizning umumiy uyimiz: O‘zbekistondagi yetakchi ayollar saboqlari” nomli Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan mentorlik soati bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Bizning umumiy uyimiz: O‘zbekistondagi yetakchi ayollar saboqlari” nomli Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan mentorlik soati bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro bag‘rikenglik kuni doirasida “Umumiy uyimiz: O‘zbekistonning yetakchi ayollari saboqlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy “mentorlik soati” bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengashi tomonidan tashkil etildi.
Uchrashuvdan maqsad – talaba qizlarda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va millatlararo totuvlik kabi qadriyatlarni mustahkamlash, shuningdek, yetakchi ayollarning hayot yo‘li va kasbiy yutuqlari misolida yoshlarni mas’uliyat hamda faol fuqarolik pozitsiyasi ruhida tarbiyalashdan iborat.
Tadbirda Galina Vitalyevna Melnikova, O‘zbek va rus tillari kafedrasi professori Galina Madraimovna Rahmatullayeva hamda universitetning boshqa professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ochiq muloqot davomida talaba qizlar mehmonlarga o‘z savollarini berib, jamiyatda bag‘rikenglik va o‘zaro anglashuvning ahamiyati haqida fikr almashdilar.
Ushbu tashabbus Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga, xususan, tarbiyaviy-ma’rifiy shakli orqali 4-BRMga (sifatli ta’lim), talaba qizlar uchun yetakchilik va ustozlikni qo‘llab-quvvatlash orqali 5-BRMga (gender tengligi), shuningdek, bag‘rikenglik va fuqarolik mas’uliyati madaniyatini ilgari surish orqali 16-BRMga (tinchlik, adolat va samarali institutlar) hamohangdir.




