
YXHT Raisining Yoshlar, Tinchlik va Xavfsizlik masalalari bo‘yicha Maxsus vakili JIDU talabalari bilan uchrashdi
YXHT Raisining Yoshlar, Tinchlik va Xavfsizlik masalalari bo‘yicha Maxsus vakili JIDU talabalari bilan uchrashdi

Joriy yilning 6-noyabr kuni YXHT Raisining Yoshlar, Tinchlik va Xavfsizlik masalalari bo‘yicha Maxsus vakili Santeri Leinonen Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Santeri Leinonen JIDU talabalari bilan barqaror tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarda yoshlarning ijobiy, faol va inklyuziv rolini mustahkamlash borasida muloqotni chuqurlashtirishga qaratilgan uchrashuv o‘tkazdi.
Jumladan, janob Leinonen 2025-yil iyul oyi oxirida Helsinkida bo‘lib o‘tgan YXHT Raisligi Yoshlar forumi natijalari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu forumda YXHT mintaqasining turli davlatlaridan, jumladan O‘zbekistondan kelgan yoshlar ishtirok etib, Finlyandiya raisligi doirasida e’lon qilinadigan “Yoshlar, tinchlik va xavfsizlik” (YTS) bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqishga hissa qo‘shgan edilar.
Shuningdek, u Finlyandiyaning yoshlar hamkorligi tajribasi va YTS milliy harakat rejalari loyihasini tayyorlash jarayoni haqida so‘zlab berdi. Uchrashuv yakunida talaba va yosh diplomatlar klubi a’zolari bilan yoshlarning tinchlik, muloqot va o‘zaro tushunishni mustahkamlashdagi o‘rni haqida ochiq fikr almashildi.




