A spiritual and educational event was held at the UWED on the topic “Protection of the gene pool of the nation and the health of youth: priority areas of the fight against drug addiction”

    Joriy yilning 11-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda “Millat genofondi va yoshlar salomatligini himoya qilish: giyohvandlikka qarshi ustuvor yo‘nalishlar” mavzusida yirik ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Oliy Majlis Senati raisining birinchi orinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori Ravshan Mamatov, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh narkologi Zarif Ashurov ishtirok etib, mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurash, uning oldini olish va yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar haqida ma’ruza qildilar.

    Jumladan, giyohvand moddalarning inson salomatligi, psixik holati va ijtimoiy hayotiga ko‘rsatadigan vayronkor ta’siri, oilaviy muhit va jamiyat barqarorligiga soladigan xavflar haqida ilmiy dalillar asosida batafsil tushuntirib o‘tildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlikka qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat siyosati va ustuvor vazifalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sog‘liqni saqlash tizimi o‘rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmlari haqida ham ma’lumot berildi. Ma’ruzachilar tomonidan statistik ma’lumotlar, real hayotiy misollar va xulosalarga boy taqdimotlar orqali talabalarning masalaga bo‘lgan qiziqishi va hushyorligi yanada oshirildi.

    Ma’ruzachilar giyohvand moddalarining salomatlikka ko‘rsatadigan halokatli ta’siri, yoshlar psixologiyasi va ijtimoiy hayotiga olib keladigan og‘ir oqibatlar, shuningdek, oilaviy muhit va jamiyat barqarorligiga soladigan xavflarni ilmiy ma’lumotlar asosida batafsil yoritib berdilar. Tadbir davomida O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi olib borilayotgan davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, profilaktik dasturlar, zamonaviy yondashuvlar va idoralararo hamkorlikning ahamiyati haqida ham so‘z yuritildi.

    Tadbir yakunida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, giyohvandlikning oldini olish, yoshlarni zararli illatlardan asrash va ularning ongida mas’uliyatni kuchaytirish borasida fikr-mulohazalar almashildi.