“Yoshlikdan buyuklik sari: Maqsad nuqtalarini bog‘lash” — Dr. Azamat Akbarov bilan uchrashuv

    Joriy yilning 24-oktabr kuni Yoshlar ishlari ofisi tashabbusi bilan SILK ROAD RESEARCH ACADEMY bosh direktori (CEO) Dr. Azamat Akbarov universitet talabalari uchun  ma’ruza o‘tkazdi.

    Ma’ruza “Yoshlikdan buyuklik sari: Maqsad nuqtalarini bog‘lash. Abu Ali ibn Sinodan to Stiv Jobsgacha — yosh onglar qanday qilib ilk shavqni abadiy ta’sirga aylantirganini kashf eting” mavzusida bo‘lib o‘tdi.

    Tadbir yoshlarning ijodkorlik, tafakkur va shaxsiy o‘sish yo‘lida dadil qadam tashlashlari, shuningdek, buyuk shaxslar — Abu Ali ibn Sino, Leonardo da Vinchi, Stiv Jobs hayotidan ilhom olishlariga qaratildi.

     Dr. Azamat Akbarov o‘z nutqida ilm, innovatsiya va yetakchilikda maqsadni to‘g‘ri belgilash, “nuqtalarni bog‘lash” falsafasi hamda global tafakkur va ijodiy fikrlashni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari haqida so‘z yuritdi.

    Ma’ruza interaktiv tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilar motivatsiya, maqsad va ilhomning ilmiy asoslari bilan tanishdilar hamda amaliy tavsiyalar oldilar.

     Ma’lumot uchun: SILK ROAD RESEARCH ACADEMY — xalqaro miqyosda ta’lim, ilm-fan va innovatsiyani uyg‘unlashtirish, yosh yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash, hamda ilmiy almashinuv va global hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mustaqil ilmiy-tadqiqot platformasidir.