
JIDU birinchi prorektori Britaniya menejment universitetida (BMU) o‘tkazilgan konferensiyada ma’ruza qildi
JIDU birinchi prorektori Britaniya menejment universitetida (BMU) o‘tkazilgan konferensiyada ma’ruza qildi

Joriy yilning 24-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti birinchi prorektori, Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti (IXTI) direktori Akram Umarov Britaniya menejment universitetida (BMU) bo‘lib o‘tgan “Research in Action 2025: Research Intersections Amid Era of Complexity” nomli xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etdi.
Cambridge Central Asia Forum bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir Buyuk Britaniya, Markaziy Osiyo va Hindistondan yetakchi olimlar, mutaxassislar va ilmiy doiralar vakillarini bir joyga to‘pladi.
Anjuman tobora murakkablashib borayotgan global sharoitda mintaqaviy rivojlanish, barqaror o‘sish hamda biznes, ilm-fan va institutlarning o‘zaro hamkorligi masalalariga bag‘ishlandi.
“Forces Shaping Global & Regional Development” sessiyasi doirasida A. Umarov Markaziy Osiyodagi mintaqaviy integratsiyaning yangi bosqichiga bag‘ishlangan ma’ruzasini taqdim etdi.
U o‘z nutqida 2016-yildan keyin mintaqa Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida siyosiy ishonchning ortishi, diplomatik aloqalarning faollashuvi va iqtisodiy munosabatlarning erkinlashuvi bilan tavsiflanuvchi hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tganini ta’kidladi.
Tadbir davomida global va mintaqaviy rivojlanish tendensiyalari, barqaror iqtisodiy modellar, shuningdek, Markaziy Osiyo va undan tashqaridagi mamlakatlarda institutsional islohotlar mavzulari muhokama qilindi.




