
JIDUda “Janubiy Osiyoda energiya xavfsizligi” mavzusida master-klass bo‘lib o‘tdi
JIDUda “Janubiy Osiyoda energiya xavfsizligi” mavzusida master-klass bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro munosabatlar fakulteti 4-bosqich talabalari uchun “Janubiy Osiyoda Xalqaro munosabatlar” fani doirasida “Janubiy Osiyoda energiya xavfsizligi” mavzusida mahorat darsi o’tkazildi. Faxriy mehmon va asosiy ma’ruzachi sifatida tadqiqotchi tahlilchi, siyosat fanlari nomzodi, biznes boshqaruvi magistri, energiya xavfsizligi bo‘yicha xalqaro ekspert Artem Lomakin ishtirok etdi.
Tadbir davomida A.Lomakin mazmunli ma’ruza o‘qidi va unda xalqaro munosabatlarda energiya xavfsizligining ahamiyati, uning Janubiy Osiyodagi o‘ziga xos xususiyatlari, tinchlikni ta’minlash hamda mintaqaviy va global xavfsizlikni mustahkamlashdagi roli haqida batafsil yoritib berdi. Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘sib borayotgan bozorlarini energiya bilan ta’minlash xavfsizligi va ishonchliligiga alohida e’tibor qaratilib, mintaqa davlatlarining rivojlanish va milliy xavfsizlikning asosiy omili sifatida energiya resurslaridan foydalanishni ta’minlashdagi ustuvor yo‘nalishlariga urg‘u berildi.
Mahorat darsi yakunida talabalar munozarada faol qatnashib, ko‘plab savollar berdilar. Spiker o‘zining xalqaro tajribasi va ekspert nuqtai nazariga asoslanib, ularga batafsil va professional javoblar berdi.




