JIDUda zamonaviy xalqaro munosabatlarda energetikaning geosiyosiy roli, energiya xavfsizligi va energiya balansini diversifikatsiyalash masalalari muhokama etildi

    25-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetida “Zamonaviy xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston manfaatlari” maxsus kursi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Ekologik diplomatiya va yashil iqtisodiyot loyihalari bo‘limi boshlig‘i Mirzayev Behruz Abdulla o‘g‘lining ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi.

    Ma’ruzada zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida energetikaning geo-iqtisodiy va geo-siyosiy o‘rni, energetika xavfsizligi, energiya balansini diversifikatsiya qilish, shuningdek, O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga, xorijiy investitsiyalarni jalb etishga va mamlakatning energetik mustaqilligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

    Ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir so‘ngida ma’ruzachi ishtirokchilarning barcha savollariga batafsil javob berdi hamda bo‘lajak mutaxassislarda energetika, xalqaro siyosat va O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlari o‘zaro bog‘liqligiga doir strategik qarashlarni shakllantirish muhimligini ta’kidladi.