JIDUda “Tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashda gender jihatlari” mavzusidagi master-klass bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 20-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro munosabatlar fakulteti 4-kurs talabalari ishtirokida “Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda gender jihatlari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

    Faxriy mehmon va asosiy ma’ruzachi sifatida BMTning Taraqqiyot dasturi (BMTTD) mutaxassisi, gender tenglik masalalari bo‘yicha xalqaro ekspert, afg‘onistonlik olima Freshta Kayumi tashrif buyurdi.

    Tadbir doirasida Kayumi xonim mazmunli ma’ruza qildi. U xalqaro munosabatlarda gender jihatlarining ahamiyati, shuningdek, ularning tinchlikni rivojlantirish va global xavfsizlikni mustahkamlashdagi o‘rni haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Afg‘onistondagi joriy vaziyatga, xususan, ayollar va bolalar ahvoli bilan bog‘liq masalalarga, hamda beqaror siyosiy sharoitda gender tenglikni ta’minlash muammolariga alohida e’tibor qaratildi.

    Mahorat darsi yakunida talabalar munozarada faol ishtirok etib, savollar berishdi. Ma’ruzachi ularga o‘zining xalqaro tajribasi va ekspertlik nuqtai nazariga asoslanib, batafsil va professional javoblar berdi.