JIDU va Ankara Yildirim Boyazid universiteti o‘rtasida uchrashuv  bo‘lib o‘tdi

JIDU va Ankara Yildirim Boyazid universiteti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDU va Ankara Yildirim Boyazid universiteti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDU va Ankara Yildirim Boyazid universiteti o‘rtasida uchrashuv  bo‘lib o‘tdi

    2025-yil 17-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) Turkiyaning Ankara Yildirim Boyazid universiteti rektori professor Ali Cengiz Köseoğlu va professor Abdumalik Tuychibayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev va universitetning akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akram Umarov ishtirok etdilar.

    Ali Cengiz janoblari O‘zbekistonga “Turkiy universitetlar ittifoqi (TURKUNIB)”ning 8-Bosh Assambleyasi doirasida tashrif buyurganini, mazkur tashabbus turkiy mamlakatlar oliy ta’lim muassasalarini birlashtirib, yoshlar o‘rtasida ilmiy va madaniy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

    Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy loyihalar, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, shuningdek, turk tili markazi faoliyatida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    Bundan tashqari, huquq yo‘nalishida qo‘shma fakultet tashkil etish, ayrim fanlarni turk tilida o‘qitish hamda raqamli diplomatiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

    Tomonlar o‘zaro barqaror, samarali va uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini qayd etdilar.