
JIDUda origami bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi
JIDUda origami bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi

Joriy yilning 17-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yapon tili klubi doirasida origami bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.
Tadbirni JIDU Sharq tillari kafedrasi va Xalqaro munosabatlar hamda xalqaro iqtisodiy menejment fakultetining 3-kurs talabalari tashkil etdi.
Mahorat darsi turli yoshdagi 50 dan ortiq ishtirokchini jalb etib, qog‘oz varag‘idan, odatda kvadrat shaklida, yelim va qaychisiz turli shakllarni yasash san’atining muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishda qanchalik samarali va qiziqarli vosita bo‘lishi mumkinligini namoyish etdi.
Mahorat darsi ishtirokchilarni nafaqat an’anaviy yapon san’ati bilan tanishtirish, balki uning ta’limiy ahamiyatini ham ko‘rsatishga qaratilgan edi. Origami fazoviy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishni rag‘batlantiradi, tanqidiy fikrlash va matonat ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Bu ko‘nikmalar sifatli ta’limning asosiy unsurlari hisoblanadi.
Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi madaniyatlararo muloqotni rivojlantiradi hamda madaniy, diniy va til xilma-xilligiga bo‘lgan hurmatni mustahkamlaydi.
Mahorat darsi yakunida ishtirokchilar o‘z ishlarini namoyish etib, taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.