PiA tashkiloti vakillari JIDUga tashrif buyurishdi

PiA tashkiloti vakillari JIDUga tashrif buyurishdi

    PiA tashkiloti vakillari JIDUga tashrif buyurishdi

    PiA tashkiloti vakillari JIDUga tashrif buyurishdi

    2025–2026 o‘quv yili doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarining nufuzli Princeton in Asia (PiA) tashkiloti o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida, 2025-yil 13-oktabr kuni PiA rahbariyati, homiylar, kengash a’zolari va bitiruvchilari JIDUga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida mehmonlarni universitetning Akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektori A. Umarov hamda universitet jamoasi kutib oldi.

    Uchrashuv davomida tomonlar mavjud hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. PiA vakillariga JIDUning asosiy faoliyati, xalqaro aloqalari va rivojlanish strategiyalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Tashrif doirasida mehmonlarga Markaziy Osiyodagi dolzarb ijtimoiy-siyosiy jarayonlar yuzasidan maxsus taqdimot ham namoyish etildi, shuningdek, savol-javob shaklida muloqot tashkil etildi.

    Shu bilan birga, JIDUda faoliyat yuritayotgan PiAning ikki nafar mutaxassisi Sergio Castagnoli va Julia Daviesning Universitetdagi tajribasi yuzasidan ham fikr almashildi. Tomonlar bu kabi tashabbuslar madaniyatlararo muloqot va o‘zaro anglashuvni mustahkamlab, mutaxassislar uchun xalqaro tajriba almashinuvi imkoniyatlarini kengaytirayotganini ta’kidladilar.

    Ma’lumot uchun, PiA (Princeton in Asia) dasturi 1898-yilda Prinston universiteti qoshida tashkil etilgan bo‘lib, Osiyo va AQSH o‘rtasidagi ta’lim, madaniy almashinuv va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. 2025-yilda ushbu tashkilot ilk bor O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi va bu jarayon aynan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida yo‘lga qo‘yildi.