JIDUda O‘mon Sultonligining Tashqi ishlar vazirligining diplomatlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

JIDUda O‘mon Sultonligining Tashqi ishlar vazirligining diplomatlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

    JIDUda O‘mon Sultonligining Tashqi ishlar vazirligining diplomatlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

    JIDUda O‘mon Sultonligining Tashqi ishlar vazirligining diplomatlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

    Joriy yilning 12-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligining yosh diplomatlari uchun malaka oshirish kurslarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakillari, JIDU hamda Diplomatik akademiya rahbariyati, O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi vakillari, shuningdek, ushbu mamlakatning Favqulodda va Muxtor elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy xonim ishtirok etdilar.

    JIDU Akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Akram Umarov so‘nggi yillarda O‘zbekiston-O‘mon ikki tomonlama aloqalarining mustahkamlanayotganini, kurslarning ochilishi esa ikki davlat o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda yangi sahifa ochilishini anglatishini ta’kidladi. Uning aytishicha, O‘mon Sultonligining yosh diplomatlari global diplomatiyada samarali faoliyat yuritish, shu jumladan Markaziy Osiyo va O‘zbekistonni chuqur o‘rganish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar.

    - Belgilangan maqsadlarga erishish yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik qilishimizga ishonchim komil, - deya ta’kidladi A.Umarov.

    O‘mon Sultonligi elchisi Vafo Jabra Nosira al-Busaidiy o‘z nutqida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlardagi rivojlanish diplomatlarni quvontirayotgani va ularning astoydil ishlashiga turtki berayotganini ta’kidladi.

    - Diplomatik almashinuvlar dasturining yo‘lga qo‘yilishi xalqaro munosabatlar istiqboliga ta’sir ko‘rsatadigan muhim yutuqdir, - dedi u.

    O‘z navbatida, O‘mon Tashqi ishlar vazirligining Fors ko‘rfazi mamlakatlari va mintaqaviy qo‘shnichilik ishlari departamenti rahbari Ahmed Hashil Rashid Al Maskari tadbir ishtirokchilarini qutlar ekan, ushbu kurslar yosh diplomatlar uchun yo‘lning boshlanishi ekanligini hamda O‘mon va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

    Ma’lumot uchun: O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligining yosh diplomatlari uchun malaka oshirish kurslari doirasida 12-17 may kunlari JIDU qoshidagi Diplomatik akademiyada JIDU va Diplomatik akademiya professor-o‘qituvchilari jalb etiladi.

    Yakunida O‘zbekiston-O‘mon munosabatlari istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazish rejalashtirilmoqda.