
JIDUda “Kelajak soati” turkumi doirasida ma’rifat darsi o‘tkazildi
JIDUda “Kelajak soati” turkumi doirasida ma’rifat darsi o‘tkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Kelajak soati” ma’rifat uchrashuvlari turkumi davom etmoqda. Navbatdagi tadbir 2025-yil 15-oktabr kuni “Boqiy shaharlarimiz” mavzusiga bag‘ishlandi.
Talabalarga Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi professori I.R. Mavlyanov ma’ruza qildi. U o‘z nutqida Samarqand, Buxoro, Xiva, Urganch, Qo‘qon, Toshkent, Shahrisabz, Termiz, Marg‘ilon va Qarshi kabi qadimiy shaharlarning mintaqa tarixiy, madaniy va iqtisodiy merosiga qo‘shgan ulkan hissasini yoritib berdi. Professor nafaqat ularning umumiy xususiyatlarini ta’riflab berdi, balki tinglovchilarni har bir shaharning betakror tarixi bilan qisqacha tanishtirdi.
Tadbir interaktiv tarzda o‘tkazildi: ma’ruza jonli muloqotga aylandi. Talabalar merosni asrab-avaylash va uning bugungi kun uchun ahamiyati masalalari bilan qiziqib, munozarada faol ishtirok etdilar.