Mutaxassisning nutq madaniyati va notiqlik san’ati mashg‘uloti jaroyonida yetakchi mutaxassis tomonidan master-klass o‘tkazildi

Mutaxassisning nutq madaniyati va notiqlik san’ati mashg‘uloti jaroyonida yetakchi mutaxassis tomonidan master-klass o‘tkazildi

    Mutaxassisning nutq madaniyati va notiqlik san’ati mashg‘uloti jaroyonida yetakchi mutaxassis tomonidan master-klass o‘tkazildi

    Mutaxassisning nutq madaniyati va notiqlik san’ati mashg‘uloti jaroyonida yetakchi mutaxassis tomonidan master-klass o‘tkazildi

    Bugungi kunda yetakchi mutaxassislarni dars jarayoniga jalb qilish — nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, talabalarda real kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda ta’lim sifatini oshirish uchun eng samarali usul hisoblanadi. Bu usul talabalarda fanga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, motivatsiya beradi va zamonaviy talablar asosida bilim olishlariga imkon yaratadi. Yetakchi mutaxassisni darsga jalb qilishning bir necha afzalliklari mavjud: avvalo, amaliy tajriba almashiniladi, o‘z faoliyatidagi real keyslar (case-study) va ishlab chiqarishdagi muammolar yechimi ko‘rsatib beriladi.

    Shu munosabat bilan joriy yilning aprel oyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Mutaxassisning nutq madaniyati va notiqlik san’ati ma’ruza mashg‘ulotlari uchun O‘zbek va rus tillari kafedrasi tashabbusi asosida  Nuriymon Abulhasan ishtirokida master-klass treningi tashkillashtirib o‘tkazildi.

    Nurimon Abdurahim Abulhasan -  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati lavozimida ishlagan, keyinchalik  Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari, Ichki ishlar vazirligining Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i ham bo‘lganlar.

    Nuriymon Abdulhasan 1994- yilda Toshkent islom institutini (oliy ma’had), 1997 yilda Misr Al-Azhar universitetini tamomlagan. U bundan avval Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Prezident devonining Millatlararo va din masalalari bo‘yicha xizmatida va Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritgan. Bugungi kunda Nodavlat ta’lim muassasalari Assotsiatsiyasi Raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

    Master-klass davomida nutq jarayonida motivatsiya va ilhom uyg‘unligi, zamonaviy metodlar va kasbiy kompetensiya haqida to‘liq ma’lumot berib o‘tildi.

    Nurimon Abdurahim Abulhasan o‘zining kasbiy faoliyati bilan o‘rtoqlashdi va talabalarga Makkada Ka’ba kalitdori (hojibi) sahobiy Usmon ibn Tolha avlodlari bilan uchrashuvi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati lavozimidagi turli mihim jihatlar, diniy notiqlik va uning mohiyati, notiqlik san’ati talablari haqida batafsil ma’lumot berdi.

     Haqiqiy soha yetakchisi bilan muloqot talabalarda o‘z kasbiga nisbatan muhabbat va motivatsiyani uyg‘otdi. Ma’ruza davomida interfaol usullar va qiziqarli taqdimotlar orqali talabalar e’tibori jalb qilindi. Bunday master-klass mashg‘ulotlari kasbiy kompetensiyani oshirib, talabalarda differensial ta’lim va o‘ziga xos qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi.