JIDU rektori Kopengagenda Yangi O‘zbekiston tashqi siyosati haqida ma’ruza qildi

JIDU rektori Kopengagenda Yangi O‘zbekiston tashqi siyosati haqida ma’ruza qildi

    JIDU rektori Kopengagenda Yangi O‘zbekiston tashqi siyosati haqida ma’ruza qildi

    JIDU rektori Kopengagenda Yangi O‘zbekiston tashqi siyosati haqida ma’ruza qildi

    2026-yil 2-iyun kuni Daniyaning Kopengagen shahridagi Asia House markazida “O‘zgarib borayotgan Yevroosiyoda O‘zbekiston: strategik muvozanat, mintaqaviy hamkorlik va o‘zaro bog‘liqlik” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

    Daniya xalqaro tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilgan tadbirda siyosatchilar, diplomatlar, olimlar va ekspertlar Markaziy Osiyodagi zamonaviy jarayonlar hamda O‘zbekistonning mintaqaviy va xalqaro maydondagi o‘rni yuzasidan fikr almashdilar.

    Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori, Sodiq Safoyev asosiy ma’ruzachilardan biri sifatida ishtirok etdi. U o‘z nutqida Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining ochiqlik, konstruktiv mintaqaviy hamkorlik, iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik va pragmatik xalqaro sheriklikka asoslangan tamoyillarini ta’kidladi.

    Shuningdek, S.Safoyev O‘zbekiston va Shimoliy Yevropa mamlakatlari o‘rtasida ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar, barqaror rivojlanish va davlat boshqaruvi sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiya, Daniya va Norvegiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Rahmatulla Nurimbetov hamda JIDU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Timur Dadabayev ham ma’ruza bilan qatnashdilar.

    Seminar O‘zbekiston va Shimoliy Yevropa o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish, shuningdek, JIDUning xalqaro akademik va tahliliy hamkorligini mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.