“Inson huquqlari bo‘yicha milliy tizim” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

“Inson huquqlari bo‘yicha milliy tizim” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    “Inson huquqlari bo‘yicha milliy tizim” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    “Inson huquqlari bo‘yicha milliy tizim” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

    Joriy yilning 5-6 mart kunlari “Xalqaro huquq” fakulteti 3-kurs talabalari uchun “Inson huquqlari” fani doirasida “Inson huquqlari bo‘yicha milliy tizim” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Оmbudsman)ning “Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sektori mudiri Islamov Jasur Yakubovich va sektor yetakchi mutaxassisi Abdullayeva Diyora Alliyarovna ishtirokida mahorat darsi o‘tkazildi.

    Mazkur dars doirasida ma’ruzachilar tomonidan Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Оmbudsman)ning  tashkiliy tuzilmasi va uning faoliyati haqida umumiy ma’lumot berildi. Shuningdek, Оmbudsmanning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash mexanizmlari va vakil nomiga kelib tushgan murojaatlarning mazmun mohiyati  atroflicha tahlil qilindi. Bundan tashqari Ombudsman huzuridagi “Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish” bo‘limining inson huquqlari sohasida xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar ombudsman institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro tajribani o‘rganish hamda qo‘shma loyihalarni tashkil etish faoliyati tushuntirib berildi.

    Talabalar uchun Оmbudsmanning mahkumlar va mahbuslarning murojaatlari bilan ishlash amaliyoti qiziqish uygotdi. Bundan tashqari dars davomida talabalar bilan interfaol muloqot usullari orqari ularning bilim va ko‘nikmalari baholandi.