JIDU o‘qituvchilar terma jamoasi respublika “Zakovat”  bosqichiga yo‘l oldi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) o‘qituvchilari jamoasi “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha o‘tkazilgan hududiy bosqichda munosib natija ko‘rsatdi.

    Mazkur bosqichda jami 59 ta jamoa ishtirok etib, kuchli raqobat sharoitida bellashdilar. JIDU o‘qituvchilari jamoasi yuksak bilim va jamoaviy hamkorlikni namoyish etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.

    Mazkur yutuq tufayli JIDU jamoasi “Zakovat” turnirining Respublika bosqichiga yo‘l olish huquqini qo‘lga kiritdi.

    JIDU jamoasining ushbu muvaffaqiyati universitetning ilmiy salohiyati, intellektual muhitini hamda pedagoglarining bilim va mahoratini yana bir bor namoyon etdi.

    Universitet jamoasi barcha ishtirokchilarni samimiy tabriklaydi va oldinda kutayotgan Respublika bosqichida ularga ulkan omad va yangi zafarlar tilaydi.