JIDUda xalqaro huquq fakulteti talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi

JIDUda xalqaro huquq fakulteti talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi

    JIDUda xalqaro huquq fakulteti talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi

    JIDUda xalqaro huquq fakulteti talabalari uchun mahorat darsi tashkil etildi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xalqaro huquq fakulteti talabalari uchun University of Illinois Urbana-Champaign bitiruvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Safarova Shaxnoza tomonidan 2026-yil 2-aprel “Iqtisodiy va fuqarolik sudlarida yuridik faktlarni aniqlash masalasi” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

    Mahorat darsi davomida yuridik faktlarning fuqarolik va iqtisodiy sud ish yurituvidagi o‘rni, ularni aniqlashning protsessual asoslari, dalillarni baholash mezonlari hamda sud amaliyotida uchraydigan murakkab holatlar muhokama qilindi.

    Mazkur tadbir Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq kafedrasi, xususan, Abduraximova Solixa tomonidan tashkil etildi. Uchrashuv talabalarning sud amaliyoti bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash, tahliliy fikrlashini rivojlantirish va nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

    Shuni ta’kidlash joizki, bunday mahorat darslari talabalarning huquqni qo‘llash, nizolarni hal etish va sud jarayonlarini chuqurroq anglash bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu seminar BMTning 16-Barqaror rivojlanish maqsadi, xususan, 16.3-band, hamda 17-maqsad, 17.6-bandni amalga oshirishga hissa qo‘shadi.