JIDUda “Biz – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarimiz!” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

JIDUda “Biz – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarimiz!” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Biz – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarimiz!” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    JIDUda “Biz – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarimiz!” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 26-sentabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tomonidan davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligiga bag‘ishlab keng qamrovli tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etildi. Ushbu tadbirlarning bosh g‘oyasi — “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori asosida yoshlarni Vatanga sadoqat, xalqparvarlik, mas’uliyat va bunyodkorlik ruhida tarbiyalash, ularni yurt ravnaqi yo‘lida faol bo‘lishga undashdan iboratdir.

    Mazkur tadbir doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Biz – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarimiz!” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xodimi ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Tadbir davomida yoshlarning Vatan himoyachilarining faoliyati, ularning davlat mustaqilligini mustahkamlashdagi o‘rni va mas’uliyati haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lishlari uchun batafsil ma’lumotlar berildi.

    Shuningdek, uchrashuv davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, “Yangi O‘zbekiston” taraqqiyot strategiyasi, yoshlarning undagi o‘rni va mas’uliyati haqida atroflicha fikr almashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, Mudofaa vazirligi xodimidan batafsil javob oldilar.

    Mazkur tadbir nafaqat talabalarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitdi, balki ularning Vatan va xalq oldidagi burch hamda mas’uliyatini chuqur his etishiga, yoshlar orasida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.