Amerikalik ikki nafar xorijiy mutaxassis JIDUga tashrif buyurdi

Amerikalik ikki nafar xorijiy mutaxassis JIDUga tashrif buyurdi

    Amerikalik ikki nafar xorijiy mutaxassis JIDUga tashrif buyurdi

    Amerikalik ikki nafar xorijiy mutaxassis JIDUga tashrif buyurdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Princeton in Asia (PiA) tashkiloti o‘rtasida 2025–2026 o‘quv yili doirasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ushbu hamkorlik asosida ikki nafar AQShlik mutaxassis, Sergio Castagnoli va Julia Davies, JIDUga tashrif buyurdi va ular universitetning Transformatsiya va strategik rivojlanish ofisi hamda Xalqaro munosabatlar kafedrasiga biriktirildi.

    Akademik ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A. Umarov mutaxassislarni iliq kutib oldi. Uchrashuv davomida mutaxassislarga JIDUning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, xalqaro aloqalari hamda universitet hayoti haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, xorijiy mutaxassislar uchun tashkil etilgan tanishtiruv sessiyasi orqali ular JIDUdagi akademik muhit va jamoa bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

    Sergio Castagnoli va Julia Davies JIDUda nafaqat o‘z kasbiy maqsadlarini amalga oshiradilar, balki madaniyatlararo muloqot, o‘zaro anglashuv va ishonch ko‘prigini mustahkamlash imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar. Bu esa universitet hayotini yanada boyitib, talabalarimizga yangi bilim, tajriba va xalqaro nuqtayi nazarni taqdim etadi.

    Ma’lumot uchun: Princeton in Asia (PiA) dasturi taʼlim va madaniy almashinuv sohasidagi eng qadimgi va nufuzli xalqaro tashabbuslardan biri hisoblanadi. 1898-yilda Prinston universiteti qoshida tashkil etilgan ushbu dastur Osiyo mamlakatlari va AQSH o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni chuqurlashtirishga qaratilgan. Bugungi kunda PiA 30 dan ortiq mamlakatdagi 400 dan ziyod hamkor tashkilotlar, jumladan, nodavlat tashkilotlar, universitetlar, ommaviy axborot vositalari, xalqaro va davlat muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

    2025-yilda PiA (Princeton in Asia) tashkiloti mutaxassislari ilk bor O‘zbekistondagi faoliyatlarini Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boshlamoqdalar. Universitet jamoasi Sergio Castagnoli va Julia Daviesni mamnuniyat bilan kutib oladi hamda ularga yangi bosqichdagi ishlarida omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.