JIDU talabalari va “Turonbank” ATB vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil qilindi

     Joriy yilning 12-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Turonbank” ATB vakillari bilan hamkorlikda “Kelajak mutaxassisligim” mavzusida moliyaviy savodxonlikka bag'ishlangan, bitiruvchi talabalar bandligi ta’minlashga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

     Tadbir davomida talabalarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumot berildi:

    “Turonbank” stipendiyasi dasturi;

    ta’lim krediti va uning imkoniyatlari;

    moliyaviy savodxonlikni shakllantirishning amaliy jihatlari;

    mamlakatimizdagi so‘nggi bank-moliya sohasidagi islohotlar.

    Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti” vakillari ham ishtirok etib, o‘z loyihalari va imkoniyatlari haqida ma’lumot berishdi.

     JIDU Yoshlar masalalari bo‘yicha birinchi prorektori O.A. Yusupjanov o‘z nutqida mazkur tashabbusning dolzarbligi va talaba-yoshlar uchun ahamiyatini alohida ta’kidladi.

     Trening davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob olishdi. Shu bilan birga, Turonbank stipendiyasiga ega bo‘lgan talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.