JIDUda BMT 80 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

JIDUda BMT 80 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

    JIDUda BMT 80 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

    JIDUda BMT 80 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashabbusi bilan “Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari” kafedrasi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 80 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Mazkur tadbir BMTning sakson yillik faoliyati, uning global miqyosdagi o‘rni va zamonaviy islohotlar zaruriyatini chuqur tahlil etishga bag‘ishlanadi.

    Konferensiyaning asosiy maqsadi — BMT tizimini zamonaviy global tahdidlardan kelib chiqqan holda isloh qilish, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash hamda barqaror taraqqiyot jarayonlarida ko‘p tomonlama hamkorlikning rolini yoritishdan iborat.

    Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida ilgari surilgan tashabbuslarni hayotga tatbiq etish, jumladan, BMTni zamonaviy realiyatlarga moslashtirish, Xavfsizlik Kengashini isloh etish va global inqirozlarga tezkor javob berish mexanizmlarini yaratish bo‘yicha milliy pozitsiyani mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Tadbirda BMT Taraqqiyot dasturining Ozbekistondagi vakolatxonasi, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Inson huquqlari bo'yicha. O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Inson huquqlari boyicha vakil (Ombudsman), Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari, Fanlar akademiyasi huzuridagi Davlat va huquq instituti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari hamda xorijiy davlatlar soha mutaxassislari ekspertlar ishtirok etishdi.

    Konferensiyada Birlashgan Millatlar Tashkilotining 80 yillik faoliyati natijalari, uning zamonaviy xalqaro tizimdagi orni hamda kop tomonlama hamkorlik mexanizmlarini isloh qilish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar global tahdidlariqlim ozgarishi, texnologik va kiberxavfsizlik muammolari, ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik, inson huquqlari va gender tenglik masalalari yuzasidan BMTning roli va imkoniyatlarini tahlil qildilar.

    Muhokamalar jarayonida Ozbekiston Respublikasining BMT doirasidagi tashabbuslari, barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirishdagi milliy tajriba hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish yonalishlari ham asosiy etiborda boldi.

    Ishonchimiz komilki, bu kabi tadbirlar samarali mulohaza maydoniga aylanadi, yangi gʼoya va tavsiyalarni ilgari suradi hamda davlatlar, ekspertlar va xalqaro institutlar oʼrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytiradi.