“Zo‘ravonlik va tazyiqqa qarshi kurashish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

“Zo‘ravonlik va tazyiqqa qarshi kurashish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

    “Zo‘ravonlik va tazyiqqa qarshi kurashish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

    “Zo‘ravonlik va tazyiqqa qarshi kurashish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

    JIDU xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Payshanba” profilaktika kuni va Yoshlar kuni munosabati bilan talabalar o‘rtasida “Zo‘ravonlik va tazyiqqa qarshi kurashish” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

    Tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB HPB HQMB katta inspektori, podpolkovnik F.S.Djumanazarova hamda universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi E.Sultanova ishtirok etdi. Uchrashuv davomida jamiyatda sodir bo‘layotgan noxush holatlar, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, xotin-qizlardan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish, ularni zudlik bilan ko‘rib chiqish va huquqiy yechim berish tartiblari tushuntirildi. Murojaatchilarga huquqiy maslahatlar berildi.

    Tadbir doirasida zo‘ravonlik va tazyiqqa uchragan shaxslarga beriladigan himoya orderi, uni rasmiylashtirish tartibi, orderdagi cheklovlar hamda ushbu cheklovlar buzilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining moddalariga muvofiq javobgarlik choralari haqida batafsil ma’lumot berildi.

    Bundan tashqari, kiberjinoyatlar va ularning oldini olish bo‘yicha ham tushuntirish ishlari olib borildi.

    Mazkur tadbirning asosiy maqsadi - xotin-qizlar va yoshlarning huquqiy madaniyati hamda huquqiy ongini oshirish, jamiyatda zo‘ravonlik va tazyiq holatlarining oldini olishdan iborat.