
JIDUda “Zakovat” intellektual klubi ishtirokchilari bilan uchrashuv tashkil etildi
JIDUda “Zakovat” intellektual klubi ishtirokchilari bilan uchrashuv tashkil etildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida talabalar intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual klubiga qiziquvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O. Yusupjanov ishtirok etib, talabalar bilan samimiy muloqot qildi. Uchrashuv davomida u yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, intellektual salohiyatini rivojlantirishning ahamiyati hamda “Zakovat” o‘yinlari orqali ularda ijtimoiy faollikni kuchaytirish masalalari haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, tadbirda “Zakovat” intellektual o‘yinlarini tashkil etish va uning targ‘ibotida faol qatnashib kelayotgan bir qator talabalar faxriy esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandilar. Bu esa universitetda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilganidan dalolatdir.
Uchrashuv talabalar intellektual rivojlanishiga yangi turtki berdi va ularni yangi g‘oyalar hamda tashabbuslar bilan chiqishga ilhomlantirdi.
Sana: | 16.09.2025 |
Ko'rganlar soni: | 65 |
Ulashish: |