
“Mustaqillik – buyuk ne’mat” mavzusida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
“Mustaqillik – buyuk ne’mat” mavzusida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan joriy yilning 12-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetda “Mustaqillik – buyuk ne’mat” mavzusida ma’rifiy uchrashuv o’tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, taniqli adibalar Zamira Ro‘zieva va Muhtarama Ulug‘ova ishtirok etib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan yutuqlar, adabiyot va madaniyat rivojiga qo‘shilgan hissalar, yoshlarga hususan talabalarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida atroflicha so‘z yuritdilar.
Shuningdek ular, milliy qadriyatlarni asrash, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlashda adabiyotning o‘rni haqida batafsil to‘xtaldilar.
Tadbir davomida mustaqillik yillarida adabiyotva- san’at va ilm-fan sohalarida erishilgan yutuqlar, ma’naviy merosimizni asrab-avaylashda yoshlarning roli, yosh avlodga milliy g‘oya va qadriyatlarni yetkazishda adabiy asarlarning o‘rni haqida batafsil to’xtaldilar.
Ma’rifiy uchrashuv ochiq muloqot va ijodiy fikr almashuvlar ruhida bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida ishtirokchilar mehmonlarga minnatdorchilik bildirib, bunday uchrashuvlar yoshlarda milliy o‘zlik, vatanparvarlik va ma’naviy uyg‘onishni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.