JIDU talabalari o‘z tashabbuslari bilan yozgi ta’tilni davlat va xususiy tashkilotlarda  amaliyot o‘tagan holda samarali o‘tkazdilar

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 1–2-bosqich talabalari uchun 2025-yil yozgi ta’til davri nafaqat dam olish, balki o‘quv jarayonida egallangan nazariy bilimlarni amaliyotda sinovdan o‘tkazish, kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish va malaka oshirish davriga aylandi.

    Yozgi amaliyot jarayonida 50 dan ortiq  talabalar ixtiyoriy ravishda  quyidagi tashkilotlarda  o‘z faoliyatini olib bordilar:

    ·        O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tashqi siyosiy tadqiqotlar va xalqaro tashabbuslar markazi;

    ·        O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;

    ·        O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;

    ·        Sud va prokuratura tizimi;

    ·        shuningdek, qator davlat va nodavlat tizim tashkilotlari.

    Amaliyot davomida talabalar:

    - huquqiy tahlil qilish,

    -  hujjatlar bilan ishlash,

    -  xorijiy va milliy qonunchilikni solishtirish,

    -  muloqot va muzokara olib borish,

    - diplomatik etiket va protokol qoidalarini o‘zlashtirish kabi muhim ko‘nikmalarni shakllantirishdi.