
Shanxay xalqaro tadqiqotlar akademiyasi prezidenti JIDUga tashrif buyurdi
Shanxay xalqaro tadqiqotlar akademiyasi prezidenti JIDUga tashrif buyurdi

2025-yil 12-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Shanxay xalqaro tadqiqotlar instituti (SHXTI) prezidenti professor Chen Dunsyao boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Delegatsiyani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev kutib oldi. Suhbat davomida tomonlar akademik va ilmiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Rektor S.Safoyev O‘zbekistonning SHHTdagi ishtirokining strategik ahamiyatini ta’kidlab, universitetning barqaror rivojlanish, shuningdek, xitoy tili va Xitoy voqeligini mahalliy mutaxassislar nuqtai nazaridan o‘rganish kabi asosiy ustuvor yo‘nalishlarini qayd etdi. Shanxay hamkorlik tashkiloti va “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusining mintaqa uchun ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Professor Chen Dunsyao JIDUning xalqaro nufuzi tobora ortib borayotganini yuqori baholadi va SHXTIning nafaqat “aql markazi” (think tank), balki “amaliyot markazi” (do tank) sifatida tavsiflangan amaliy yondashuvini tushuntirdi. U qo‘shma tadqiqotlar va akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirishdan manfaatdorligini izhor etdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar quyidagilarga kelishib oldilar:
qo‘shma tadqiqotlar va akademik almashinuvlarni amalga oshirish orqali hamkorlikni kuchaytirish;
Xitoydan professorlarni jalb qilgan holda xitoy tilini o‘qitishni kengaytirish;
ikki muassasa tadqiqotchilari uchun almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish.
Sana: | 13.09.2025 |
Ko'rganlar soni: | 170 |
Ulashish: |